Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rishod Sobirov O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi sport direktori etib tayinlandi

Rishod Sobirov O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi sport direktori etib tayinlandi

Foto: O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasini o‘tkazdi.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, konferensiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Shu paytga qadar O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida Bosh kotib sifatida ishlab kelgan sportning ushbu turi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining uch karra bronza medali sohibi Rishod Rashidovich Sobirov bundan buyog‘iga federatsiya sport direktori sifatida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Abdulla Nazarovich Murodov esa mamlakat dzyudo federatsiyasiga Bosh kotib etib saylandi.

Konferensiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov, Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Alisher Akmalov, federatsiya vitse-prezidentlari Shavkat Mo‘minov, Armen Bagdasarov va Dmitriy Adismanlar so‘zga chiqib, yurtimizda dzyudoni yanada rivojlantirish, xalqaro maydonda erishilayotgan yutuqlar salmog‘ini oshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni imkon qadar tezroq bartaraf etish hususida gapirishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring