Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu «El-Klasiko»ni o‘tkazib yubormaydi. U umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi

Ronaldu «El-Klasiko»ni o‘tkazib yubormaydi. U umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi

Ronaldu «jang»ga tayyor!

Foto: «Sports.ru»

Xabaringiz bor, ertaga Ispaniya La ligasining 17-turi doirasida Madridning «Real» klubi Kataloniyaning «Barselona»sini qabul qiladi.

Shu kunlarda «Real» klubi muxlislarini jamoa yetakchisi Krishtianu Ronalduning maydonga tusha olmasligi haqidagi xabarlar ranjitgani rost. Biroq bugun ma’lum bo‘ldiki, portugaliyalik iqtidor egasi ertangi bellashuvda maydonga tusha oladi.

U bugunga qadar mashg‘ulotlarda yakka tartibda ishtirok etayotgan edi. Hujumchi ushbu haftada ilk bor umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Hozirda «Real» bosh murabbiyi Zidan jarohat olgan  darvozabon Lyuk Zidandan boshqa barcha futbolchilar xizmatidan foydalana oladi.

Eslatib o‘tamiz, «Real» – «Barselona» uchrashuvi 23 dekabr, ertaga Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring