Ronaldu «Manchester Yunayted»da qolishga qaror qildi
![Ronaldu «Manchester Yunayted»da qolishga qaror qildi](http://static.xabar.uz/crop/2/3/720_460_95_2386029183.jpg)
Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketmaydigan bo‘ldi. Futbolchi shartnomasida qancha muddat ko‘rsatilgan bo‘lsa, shuncha vaqt to‘p surmoqchi.
Avval yozgi transfer oynasida Ronaldu jamoasini o‘zgartirishi haqida turli-tuman xabarlar tarqalgandi. Portugal yulduzi yangi bosh murabbiy Erik ten Xag bilan kelishmay qolgandi. Biroq niderland mutaxassisi 37 yoshli Ronalduning jamoada qolishini istayotgandi.
«Sport-Ekspress» yozishicha, «MY» Madriddan yarimhimoyachi Kazemironi olib kelishi bilan Krishtianu Ronalduning ham qarori o‘zgardi. Ma’lumki, ikkalasi «Real»da uzoq yillar birga o‘ynashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter