Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu Messi bilan bir jamoada?! Hamma narsa bo‘lishi mumkin

Ronaldu Messi bilan bir jamoada?! Hamma narsa bo‘lishi mumkin

Foto: Chempionat.

«PSJ» «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Krishtianu Ronalduga qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Pedro Almeyda o‘zining Twitter sahifasida xabar berishicha, parijliklar futbol maslahatchisi Luis Kampos futbolchining agenti Xorxe Mendes bilan ehtimoliy transfer borasida aloqada bo‘lib turibdi.

«Manchester Yunayted» o‘tgan mavsumda APLda 6-o‘rinni egallab, Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Bu fakt Ronalduning Angliya jamoasida qolish istagiga ta’sir qiladi. Ronaldu hatto o‘zini transfer qilishni  so‘rab, klubga murojaat qilgan. 

PSJ esa o‘z navbatida turnirda Fransiya chempionati g‘olibi sifatida ishtirok etadi.

Ronaldu 2021-yilning kuzida «Manchester Yunayted»ga qaytdi. Portugaliyalik futbolchi 2021/22-yilgi mavsumda «Manchester Yunayted» safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring