Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu va Messi to‘qnashuvi amalga oshmaydi

Ronaldu va Messi to‘qnashuvi amalga oshmaydi

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu  «Inter Mayami» va «Al Nasr» uchrashuvida bir-biriga qarshi o‘ynamaydi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Ronaldu mushaklari shikastlangani uchun Amerika klubi bilan o‘yinda maydonga tushmaydi. «Al-Nasr» 38 yoshli futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni istamagan va uni maydonga tushirmaydi. Xabar qilinishicha, yanvar oyi oxirida portugaliyalik jarohat olgan.

«Al Nasr» 1-fevral kuni «Inter Mayami» bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 2-yanvarida Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi o‘yinchisiga aylandi va u bilan shartnoma bo‘yicha yiliga 200 million yevro oladi. Portugaliyalik va uning oilasi uchun qo‘shimcha bonuslar ham va’da qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring