Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu termaga kerakmi? Portugaliya prezidenti javob berdi

Ronaldu termaga kerakmi? Portugaliya prezidenti javob berdi

Portugaliya prezidenti Marselo Rebelo de Souza hujumchi Krishtianu Ronalduning milliy terma jamoa uchun ahamiyati haqida gapirdi.

40 yoshli sardor diskvalifikatsiya tufayli Jahon chempionati saralash bosqichining so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yubordi. Mazkur o‘yinda Portugaliya Armanistonni mag‘lub etdi (9:1) va 2026 yilgi Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

"Ronaldu uchun milliy terma jamoada har doim o‘rin bor. Bu safar uning o‘yinda bo‘lmagani achinarli. Uning o‘ziyam bu vaziyatda o‘ynay olmaganidan juda afsuslanayotgan bo‘lsa kerak", deya Marselo Rebelo de Souzadan iqtibos keltiradi Al Nassr Zone nashri.

Krishtianu Ronaldu Irlandiyaga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgani uchun diskvalifikatsiya qilingan edi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring