Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronalduning futbolkasi sotuvga qo‘yildi

Ronalduning futbolkasi sotuvga qo‘yildi

Foto: Instagram / Twitter

Italiyaning «Atalanta» klubi futbolchisi, turkiyalik Merix Demiral Krishtianu Ronalduning dastxati tushirilgan futbolkani kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Futbolchi zilziladan jabr ko‘rgan vatandoshlariga imkon qadar yordam bermoqchi.

Kimoshdiga qo‘yilgan futbolkani Ronaldu «Yuventus»da to‘p surgan paytida kiygan.

«Ronaldu bilan gaplashdim. Turkiyadagi musibatdan juda qayg‘uda. Mendagi uning imzosi qo‘yilgan futbolkani sotishga kelishdik. Tushgan hamma pul xayriyaga ketadi», — deb yozdi Demiral ijtimoiy tarmoqda.

Futbolchi keyinroq tarqatgan xabarda bir necha soatda 300 000 lira (14 832 yevro) to‘plaganini yozgan.

Turkiyadagi zilzilada taniqli sportchilar ham halok bo‘ldi. Oilaviy voleybolchilar — Bedriddin va Betyul Chaqirlar, «Yeni Malatyaspor» futbol klubi darvozaboni Ahmet Ayup Tyurkaslan shular jumlasidan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring