Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Olimpiadalar va Jahon chempionatlaridan 4 yilga chetlatildi

Rossiya Olimpiadalar va Jahon chempionatlaridan 4 yilga chetlatildi

Foto: TASS

Bugun, 9-dekabr kuni Parijda Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ijroiya qo‘mitasi rossiyalik sportchilar uchun to‘rt yillik sanksiyalar joriy etish haqida yakuniy qarorini chiqardi.

Rossiya terma jamoasi yirik xalqaro turnirlar, jahon chempionatlari, xususan, Tokiodagi 2020-yilgi Yozgi olimpiada va paralimpiadada qatnashish huquqidan mahrum bo‘ldi. Bundan tashqari, mana shu to‘rt yil davomida Rossiya yirik xalqaro musobaqalar o‘tkaza olmaydi, ularni o‘tkazishga ariza topshirishi ham mumkinmas.

WADA ijroiya qo‘mitasi qarori 2020-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, WADA Moskvadagi laboratoriyada doping bo‘yicha ko‘zbo‘yamachilikni aniqlaganidan so‘ng doping mojarosi kelib chiqqandi.

Darvoqe, rossiyaliklar Olimpiadada faqat bitta shart bilan qatnashishlari mumkin: neytral bayroq ostida va madhiyasiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring