Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya terma jamoasi Yevro-2024 dan mahrum etildi

Rossiya terma jamoasi Yevro-2024 dan mahrum etildi

Foto: RT

Rossiya terma jamoasi 2024-yilgi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining saralash bosqichi uchun qur’a tashlashda ishtirok etmaydi.

Qur’a 9-oktyabr kuni Frankfurt-Mayn shahrida tashlanadi.

Yevropa chempionati 2024-yilning 14-iyunidan 14-iyuliga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Unda UEFAga a’zo 24 miliy jamoa qatnashadi.

Rossiya terma jamoasining qur’adan chetda qolishiga sabab — Rossiya terma jamoalari va klublarining ushbu tashkilot o‘tkazadigan barcha musobaqalarga qo‘yilmasligi haqidagi UEFAning fevraldagi qarori, deya izohladi Rossiya futbol ittifoqi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida, Rossiya Ukrainaga qo‘shin kiritishi ortidan, UEFA va FIFA Rossiya terma jamoalari va klublariga o‘z maydonlarida xalqaro musobaqalar o‘tkazishni taqiqlagan, keyinchalik, ularni o‘z musobaqalaridan chiqarib yuborgandi.

Shu sababli Rossiya terma jamoasi JCh-2022ga chiqish imkoniyatini yo‘qotgan, Moskvaning «Spartak» klubi Yevropa ligasidan chiqarib yuborilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring