Ruslan fransiyalik, Saidjamshid esa rossiyalik bokschini mag‘lub etdi

Yana ikki bokschimiz yarim finalga yo‘l oldi.
Bokschilarimizning chorak finaldagi g‘alabali yurishi davom etmoqda. Ruslan Abdullayev -63.5 kg vazn toifasida fransiyalik Lounes Xamrouidan ustun keldi.
-71 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov esa rossiyalik Igor Sviridchenkovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Shunday qilib yarim finalga yo‘l olgan bokschilarimiz soni to‘rt nafarga yetdi. Avvalroq Hasanboy Do‘smatov va Abdumalik Xalokov g‘alaba qozonishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter