Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandning «Dinamo» klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Samarqandning «Dinamo» klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Foto: «Uff.uz»

Bugun Samarqandning «Dinamo» klubi rahbariyati, viloyat futbol assotsiatsiyasi, klub murabbiylari va futbolchilar ishtirokida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda «UFF.uz» yozmoqda.

Xabarda aytilishicha, o‘z vaqtida «Dinamo» jamoasida to‘p surgan sobiq futbolchi, o‘tgan mavsum Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubida faoliyat yuritgan Davron Fayziyev «Dinamo» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Mutaxassis bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Murabbiy oldiga jamoani superligaga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Klubda Ilhom Sharipov bosh menejer sifatida faoliyat yuritishda davom etsa, Uchqun Qobilov va Rafael Balasanyan bosh murabbiyga yordam berishadi.

Davron Fayziyev bugun «Dinamo» - «Xorazm» uchrashuvida jamoani boshlab tushadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring