Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sambo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi

Sambo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi

Foto: FIAS

Sambo bo‘yicha 2025 yilgi Osiyo va Okeaniya chempionati 14–20-aprel kunlari Toshkentda o‘tkaziladi. Bu haqda Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS) matbuot xizmati xabar berdi.

Turnirda sport va jangovar sambo bo‘yicha erkaklar, ayollar, o‘smirlar, qizlar va kadetlar o‘rtasida jami 88 ta medal uchun kurash kechadi. Shuningdek, yettita yosh yo‘nalishida olti vazn toifasida, qolaversa, ko‘rish qobiliyati cheklangan erkaklar o‘rtasida SVI-1 va SVI-2 toifalarida musobaqalar o‘tkaziladi.

«O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi bir nechta yirik turnirga mezbonlik qilgan. Bu yilgi musobaqalar dasturi ham juda boy. Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda raqobat ancha o‘sdi», — dedi FIAS vitse-prezidenti A’lamjon Mullayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring