Saudiya Arabistoni antiqa stadion loyihasini taqdim etdi (foto)
Amerikaning Populous arxitektura studiyasi Saudiya Arabistonidagi shahzoda Muhammad bin Salmon stadioni loyihasini taqdim etdi. Bu stadionda futbol bo‘yicha 2034 yilgi jahon chempionati o‘yinlari o‘tkaziladi.
Stadion «Qiddiya» istirohat hududida quriladi. Shaxmat taxtasi shaklida joylashtirilgan raqamli kubli ekranlar binoning jabhasini tashkil qiladi. Ular ko‘rish burchagiga qarab shaklini o‘zgartiradi. Stadion 45 ming kishini sig‘dira oladi.
Stadionning bir tomonida jonli tadbirlar, filmlar va lazer shoulari efirga uzatiladigan LED devor mavjud. Efir bo‘lmagan va devor buklangan holatida dalaning uch tomonida Tuvayq deb nomlangan 200 metrli tog‘ ko‘rinishi paydo bo‘ladi.
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddan 45 km uzoqlikda ko‘ngilochar Qiddiya shahri qurilishi davom etmoqda. Loyiha Amerikaning BIG arxitektura byurosi tomonidan ishlab chiqilgan. Shahar markazi qoya tepasida joylashgan bo‘ladi — bu sport va san’atga bag‘ishlangan ko‘p funksiyali hudud bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter