Serbiyalik taniqli futbolchi va murabbiy vafot etdi
Serbiyalik sobiq futbolchi va murabbiy Sinisha Mixaylovich bugun, 16-dekabr kuni 53 yoshida olamdan o‘tdi.
2019-yilda unga leykemiya (qon saratoni) tashxisi qo‘yilgandi. 10 kun avval uning holati keskin yomonlashgan.
Mixaylovich himoyachi edi, raqib darvozasiga uzoqdan aniq zarbalar yo‘llashi bilan esda qolgan. Futboldagi faoliyatini asosan Italiyada o‘tkazgan. «Roma», «Sampdoriya», «Latsio» va «Inter»da to‘p surgan. Ikki marta Italiya chempioni bo‘lgan, uch martadan ushbu mamlakat Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. Bir marta Kubok egalari kubogida g‘olib chiqqan.
Bosh murabbiy sifatida «Bolonya», «Kataniya», «Fiorentina», «Sampdoriya», «Milan», «Torino» va «Sporting»ni boshqargan.
Qisqa muddat Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan. Milliy jamoa (jumladan, Yugoslaviya) safida 63 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter