Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Server Jeparov qozoq klubiga o‘tmoqda

Server Jeparov qozoq klubiga o‘tmoqda

O‘zbekistonlik taniqli futbolchi 35 yoshli Server Jeparov Qozog‘istonning «Jetisu» klubi qarorgohiga yetib keldi. Bu haqda «KazFootball.kz» nashriga tayanib, «Sports.kz» xabar berdi.

Server Jeparov o‘z faoliyati davomida «Navbahor», «Paxtakor», «Bunyodkor», «Lokomotiv», «Seul», «Sonnam», «Ulsan Xyonde» klublarida to‘p surgan. U so‘nggi yillarda Eronda, avvaliga «Istiqlol», keyin esa «Sepaxon» klublarida to‘p surdi.

Jeparov 9 karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. U ikki bor — 2008 va 2011-yillarda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Jeparov qozoq klubida ko‘rikdan o‘tadimi, yoki darhol shartnoma imzolaydimi, hozircha aniq emas. Transfer shartlari ham oshkor etilmayapti. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring