Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Serxio Ramos koronavirusga chalindi

Serxio Ramos koronavirusga chalindi

Foto: «Real-madrid.ru»

«Real» himoyachisi va sardori Serxio Ramos koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi, deya xabar beradi «Real Madrid» matbuot xizmati.

«Futbolchimiz Serxio Ramosning COVID-19 ga topshirgan oxirgi test natijasi musbat chiqdi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Ramosga mushaklar shikastlanishi tashxisi qo‘yilgandi. Futbolchi Ispaniya chempionatida birinchi marta «El-klasiko»ni o‘tkazib yubordi. «Barselona»ga qarshi o‘yindan tashqari (2:1), Ramos Chempionlar Ligasi chorak finalida «Liverpul» bilan ikkala uchrashuvni ham o‘tkazib yuboradi. Ispaniya va Angliya jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi 14-aprel kuni Liverpulda bo‘lib o‘tadi.

Joriy Ispaniya oliy ligasida Ramos «Real» tarkibida 15ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi. Serxioning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2021-yil iyun oxirigacha amal qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring