Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahram G‘iyosov prof ringdagi oltinchi jangida ham raqibini nokautga uchratdi

Shahram G‘iyosov prof ringdagi oltinchi jangida ham raqibini nokautga uchratdi

Foto: «olympic.uz»

Havaskor boksda Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni Shahram G‘iyosov professional ringdagi oltinchi jangini o‘tkazdi. Bokschimizga navbatdagi jangda meksikalik Migel Zamudio raqiblik qildi. Shahram jangni juda faol boshladi. U sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratib, faoliyatidagi oltinchi g‘alabasini tantana qildi.

Ma’lumot uchun, Shahram bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda professional boksda 6 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 5 ta bahsni u muddatidan oldin yakunlay olgan. 27 yoshli Zamudio esa professional boksda 54 marotaba jang qilishga ulgurgan. Janglarning 41 tasida g‘alaba qozongan (25 tasi nokaut evaziga), 12 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (10 ta nokaut). Yana bitta jangda esa durangga erishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring