Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahzoda va DJ Piligrim — O‘zPFLning La ligadagi elchilariga aylandi

Shahzoda va DJ Piligrim — O‘zPFLning La ligadagi elchilariga aylandi

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi joriy yildan e’tiboran dunyoning eng kuchli ligalaridan biri sifatida e’tirof etiladigan Ispaniya La ligasi bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

O‘FA rasmiy saytida yozilishicha, har ikki tashkilot o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlikda o‘tkaziladigan turli tadbir, musobaqalar hamda seminarlarga jamoatchilik e’tiborini yanada orttirish, qolaversa ikki mamlakatning sport hamda san’at namoyondalari o‘rtasida ham yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Ispaniya La ligasi bilan hamkorlik doirasidagi o‘z elchilarini tayinladi.


Unga ko‘ra, yurtimizning ikki mashxur san’atkorlari – Shahzoda hamda DJ Piligrim La liga bilan hamkorlik doirasida O‘zbekiston Professional Futbol Ligasining elchilariga aylanishdi.

Endilikda La liga hamda PFL tomonidan hamkorlikda tashkil etiladigan turli sport tadbirlarida Shahzoda va DJ Piligrim muntazam ravishda ishtirok etishadi va yosh avlodni sportga, xususan futbolga mehr qo‘yishda o‘z hissalarini qo‘shishadi.

Mazkur ikki san’atkor 28 oktyabr kuni poytaxtimizda ilk marta tashkil etiladigan «Ommaviy El-Klassiko» tadbirida ishtirok etishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring