Shaxmat bo‘yicha jahon chempionati boshlandi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida shaxmat bo‘yicha jahon chempionati boshlandi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev jahon chempionati qatnashchilariga tabrik yo‘lladi.
50 mamlakatdan tashrif buyurgan shaxmatchilar (erkaklar va ayollar) rapid va blits yo‘nalishlarida kuch sinashadi. Turnir 25–30-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar — FIDE va Qozog‘iston shaxmat federatsiyasi.
Varshavadagi o‘tgan yilgi jahon chempionatida 29-dekabr kuni o‘zbekistonlik yosh grossmeyster Nodirbek Abdusattorov rapid (tezkor shaxmat) yo‘nalishida chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter