Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilk marta 4 nafar o‘zbekistonlik «Dunyoning eng zo‘r 100 shaxmatchisi»da qayd etildi

Ilk marta 4 nafar o‘zbekistonlik «Dunyoning eng zo‘r 100 shaxmatchisi»da qayd etildi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning 2022-yil holatiga shaxmatchilar reytingi e’lon qilindi. 

Mazkur reytingda O‘zbekiston shaxmati tarixida birinchi marta «Top-100» talikka birdaniga 4 ta o‘zbek kiritildi.

Jumladan:

  • Nodirbek Abdusattorov 2 713 ochko bilan 31-o‘rinda;
  • Rustam Qosimjonov 2670 ochko bilan 69-o‘rinda;
  • Nodirbek Yakubboyev 2663 ochko bilan 80-o‘rinda;
  • Javohir Sindarov 2 654 ochko bilan 92-o‘rinda qayd etilgan.

FIDE reytingida Magnus Karlsen (Norvegiya), Din Lijen (Xitoy) va Yan Nepomnyashiy (Rossiya) yetakchilik qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring