Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shaxmatchi chempionlarimizga 600 million so‘mdan naqd pullar topshirildi (foto)

Shaxmatchi chempionlarimizga 600 million so‘mdan naqd pullar topshirildi (foto)

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Sportni rivojlantirish vazirligida  Hindistonning Chennay shahrida o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni — O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Chempion shaxmatchining har biriga, prezident farmoniga muvofiq, 600 mln so‘mdan pul mukofotlari topshirildi.

Mukofot pullari naqd — 200 ming so‘mlik yangi kupyuralardan iborat.

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Marosimda sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari M.Ismoilov, Yoshlar ishlari agentligi direktori, shaxmat federatsiyasi raisi A.Sa’dullayev, federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari X.Turdaliyev, chempionlar — Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov hamda ularning ota-onalari ishtirok etgan.

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi shaxmat olimpiadasida mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring