Shohjahon Ergashev meksikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi
![Shohjahon Ergashev meksikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi](http://static.xabar.uz/crop/3/0/720_460_95_3013413350.jpg)
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev (16 ta jang, 16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) 23-avgust kuni AQShda o‘zining 17-jangini o‘tkazadi. Bu haqda «Olamsport» xabar berdi.
Shohjahon o‘sha kuni meksikalik Abdiyel Ramiresga (29 ta jang, 24 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang, 22 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tariladi.
Shohjahon Ergashev oxirgi jangini 9 iyun kuni rossiyalik Maksim Churbanovga (13 ta jang, 8 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang) qarshi o‘tkazib, uni nokautga uchratgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter