Shohjahon Ergashev navbatdagi jangida ham muddatidan avval g‘alaba qozondi (video)

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida janglarini o‘tkazib kelayotgan Shohjahon Ergashev (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) kecha, 9 iyun kuni yana ringga ko‘tarildi.
Rossiyada tashkil etilgan boks kechasida Shohjahon Ergashev rossiyalik Maksim Churbanovga (13 ta jang, 8 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang) qarshi jang o‘tkazdi. Unda Shohjahon to‘liq ustunlikka erishdi va uchinchi raunddan so‘ng raqib jangni davom ettirishdan bosh tortdi. Shu tarzda hamyurtimiz texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter