Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Prof boksning superengil vazn toifasi (-63,5 kg) vakili Shohjahon Ergashev (22-0, 19 KO) o‘zining navbatdagi jangini 10 avgust kuni AQShda o‘tkazadi.

Ergashevga bu jangda Meksika vakili Anxel Martines (14-1-2, 14 KO) raqiblik qiladi.

Martines 14 ta g‘alabasining barchasini nokaut orqali qo‘lga kiritgan. Biroq u bu janglarning hammasini Meksikada o‘tkazgan. U ilk marta vatanidan tashqarida jang qiladi.

Shohjahon Ergashev o‘zining so‘nggi jangini 26 mayda argentinalik Luis Alberto Veronga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring