Shomurodov Turkiya klubida to‘p surishi mumkin
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov Turkiyaning “Galatasaroy” klubida to‘p surishi mumkin.
Bu haqda Fotospor nashriga tayanib “Chempionat” xabar bermoqda.
“Agar Shomurodov “Galatasaroy”ga borib qo‘shilsa ham legioner hisoblanmaydi”, deyiladi xabarda.
Chunki mamlakat FF qarori bilan 2023/24 yilgi mavsumdan boshlab Turkiya chempionatida o‘ynaydigan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon va Turkmaniston futbolchilari legioner hisoblanmaydi.
Ta’kidlash joizki, 2022/2023 yilgi mavsumda Eldor Italiyaning “Spetsiya” klubida ijara asosida o‘ynadi va 16 o‘yinda bitta gol urdi.
Shomurodov 2017 yilning yozidan 2020 yilning kuzigacha “Rostov” safida to‘p surgan. Hujumchi uchun jami 91 o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urgan va 12 ta golga assistentlik qilgan.
“Galatasaroy” 2022/2023 yilgi mavsumda Turkiya chempioni bo‘ldi. Jamoani turkiyalik mutaxassis Okan Buruk boshqaradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter