Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodovga yo‘l ochiladi: uning jamoadoshiga «xaridor» ko‘payib ketdi

Shomurodovga yo‘l ochiladi: uning jamoadoshiga «xaridor» ko‘payib ketdi

«Roma»ning asosiy hujumchilaridan biriga aylangan Temmi Abrahamning «xaridori» ko‘payib ketgan. Eng asosiy nomzod Angliyaning «Arsenal» jamoasidir.

Rimliklar Abrahamning transfer narxini 80 mln. yevro deb e’lon qilishgan. Londonliklar esa unga 60 mln. to‘lashga tayyor. Shuningdek, «Manchester Yunayted» ham ushbu hujumchini o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Mankunianliklar jamoa to‘paurari bo‘lib turgan Krishtianu Ronaldu o‘rnini aynan Temmi Abraham egallashi mumkin, deb hisoblashgan. Qolaversa, «Manchester Yunayted» mutasaddilari hujumda Abraham va Sancho ingliz tandemidan foydalanishni rejalashtirgan.

Agar Abrahamning transferi amalga oshsa, Eldor Shomurodov «Roma»ning hujumida yana asosiy figuraga aylanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring