Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodovning goli O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi

Shomurodovning goli O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi

O‘zbekiston milliy jamoasi Saudiya Arabistonidagi yig‘in doirasida Janubiy Amerika vakili — Boliviyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.

Uchrashuvda Eldor  Shomurodov kiritgan gol yagonaligicha qoldi. E’tiborlisi, Eldor terma jamoa safidagi gollarini 34taga yetkazib, Maksim Shatskixning rekordini takrorladi.

O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘in doirasida navbatdagi uchrashuvini Venesuelaga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv 28 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘rtoqlik o‘yini

Boliviya — O‘zbekiston 0:1
Gol: Eldor Shomurodov (36).

O‘zbekiston — O‘tkir Yusupov, Hojiakbar Alijonov, Rustam Ashurmatov, Otabek Shukurov, Odil Xamrobekov, Jaloliddin Masharipov (Oston O‘runov, 79), Sherzod Nasrullayev (Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 59), Eldor Shomurodov (Sardor Sobirxo‘jayev, 90), Umar Eshmurodov, Jasur Yaxshiboyev (Aziz Turg‘unboyev, 59), Husniddin Aliqulov.
Boliviya — Karlos Lampe, Diyego Medina, Adrian Xusino, Denni Beharano (Boris Sespedes, 69), Migelito (Ramiro Vaka, 69), Marselo Moreno, Xayme Arraskaita (Xayme Kuelyar, 59), Roberto Fernandes, Luchano Ursino (Gabriel Villamil, 59), Jeyson Chura (Karmelo Algaranaz, 59), Leonardo Zabala (Xose Segredo, 27)

Ogohlantirishlar: L.Ursino (33), Masharipov (45), Otabek Shukurov (90+6).
Chetlatish: Xesus Sagredo (90+4).

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring