Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shu ahmoqni yana urishim shartmi?»: Habib hatto 100 mln. berishsa ham Makgregor bilan jang qilmoqchi emas

«Shu ahmoqni yana urishim shartmi?»: Habib hatto 100 mln. berishsa ham Makgregor bilan jang qilmoqchi emas

Foto: TASS

UFC rahbari agarda Konor Makgregor va Habib Nurmagomedovlar navbatdagi janglarida g‘alaba qozonishsa, yana uchrashishlariga va’da bergandi. Biroq, aftidan, rossiyalik sportchi irlandiyalik bilan yana bellashishni istamayapti, deb yozmoqda «Life». Dog‘iston o‘g‘lonining aytishicha, revanshdan hech bir ma’ni ko‘rmayapti.

«Makgregor bilan revansh menga qiziqmas. Hatto 100 million dollar taklif qilishsayam. Buncha pulni tikish mumkin bo‘lgan ko‘plab sport turlari bor. Menga 100 millionni nega kerak? Anavi ahmoqni (Makgregorni nazarda tutyapti — tahr.) yana do‘pposlashim uchunmi?», — «Sport24.ru» Habib Nurmagomedovdan ana shunday iqtibos keltiryapti.

Makgregor 18-yanvar kuni Donald Serroneni mag‘lub etgandi. Nurmagomedov esa 18-aprel kuni Toni Fergyuson bilan to‘qnashadi.

Saudiyaliklar Habib Nurmagomedovga Floyd Meyvezer va Konor Makregorga qarshi janglarini Ar-Riyodda o‘tkazsa har bir jangi uchun 100 mln. dollardan berishga va’da qilishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring