Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiya - O‘zbekiston: Shomurodov o‘zini ko‘rsatdi

Shvetsiya - O‘zbekiston: Shomurodov o‘zini ko‘rsatdi

O‘zbekiston terma jamoasi bugun Stokgolmdagi "Friends Arena" stadionida Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘zbekiston terma jamoasi Yevropaning nomdor jamoasiga qarshi munosib qarshilik ko‘rsata oldi deyish mumkin. O‘zbekistonliklarning Shvetsiyaga urgan yagona goli Eldor Shomurodov hisobiga yozildi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

Shvetsiya - O‘zbekiston 2:1

Gollar: Abdulla Abdullayev (avtogol), 56, 1:0, Isaak Kize Telin, 35, Eldor Shomurodov 70, 2:1

Shvetsiya: Kristoffer Nordfeldt, Mattias Yoxansson, Markus Danielson, Yoakim Nilsson, Martin Olsson, Ken Sema, Mattias Svanberg, Yens Kayuste, Yesper Karlsson, Isaak Kize Telin, Robin Kuayson.

O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Farrux Sayfiyev, Abdulla Abdullayev, Doston Tursunov, Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov, Oybek Bozorov, Jaloliddin Masharipov, Farrux Ikromov, Eldor Shomurodov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring