Shveysariyalik ikki muxlis jahon chempionatiga traktorda bormoqchi

Shveysariya fuqarosi Verner Simmerman Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga traktorda bormoqchi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Simmermanning aytishicha, ushbu g‘oya uning miyasiga do‘sti bilan birgalikda Shveysariya — Shimoliy Irlandiya uchrashuvini ko‘rganda tug‘ilgan. Keyinchalik ular o‘z jamoalarining o‘yini Kaliningradda, Shveysariyadan bor-yo‘g‘i 1800 kilometr uzoqlikda bo‘lib o‘tishini bilgach, uni amalga oshirishga qattiq chog‘lanishgan.
Muxlis va uning do‘stining hisobiga ko‘ra, sayohatchilar ikki haftada manzilga yetib, 22-iyun kuni Shveysariya — Serbiya uchrashuvini tribunadan kuzatishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter