«Sietl» Messini sovrinsiz qoldirdi

KONKAKAF mintaqasi Ligalar kubogi finalida «Sietl» «Inter Mayami»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Hal qiluvchi bahsda raqib darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritgan «Sietl» o‘z tarixida ilk bor ushbu turnir g‘olibi bo‘ldi.
Messi, Suares, Buskets, Alba va de Paul kabi yulduzlar to‘liq o‘yin o‘tkazishi ham «Inter Mayami»ni qutqara olmadi.
Turnirda 3-o‘rinni «Orlando Siti»dan ustun kelgan «Los-Anjeles Gelaksi» qo‘lga kiritdi.
Ligalar kubogi. Final
Sietl Saunders — Inter Mayami 3:0
31-avgust. Sietl. «Lyumen Fild»
Gollar: De Rosario (26), A.Roldan (82, penalti), Rotrok (89).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter