Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Siti» va «MYu» o‘rtasidagi farq 15 ochkoga yetdi. Premer-liga 25-tur natijalari va to‘liq jadval

«Siti» va «MYu» o‘rtasidagi farq 15 ochkoga yetdi. Premer-liga 25-tur natijalari va to‘liq jadval

Foto: «Getty Images»

Angliya chempionatining 25-turida bir qator kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi.

«Arsenal» mehmonda «Suonsi»ga mag‘lub bo‘ldi, «Liverpul» esa «Xaddersfild» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.

«Chelsi» o‘z maydonida «Bornmut»ga imkoniyatni boy berdi — 0:3. «Manchester Siti» g‘alabalari sonini yana bittaga oshirib, «Vest Bromvich» darvozasiga javobsiz uchta gol kiritdi.

Turning markaziy uchrashuvi esa «Tottenxem» va «Manchester Yunayted» o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvga deyarli 82 ming tomoshabin tashrif buyurdi va bu — chempionat tarixida rekord natija hisoblanadi. «Uembli» stadionida o‘tgan uchrshuvda «Tottenxem» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Aytish kerakki, «Tottenxema» himoyachisi Kristian Eriksen o‘yinning 11-soniyasidayoq hisobni ochishdi. 28-daqiqada esa «MYu» himoyachisi Jons to‘pni o‘z darvozasiga to‘g‘rilab qo‘ydi.

Angliya chempionati, 25-tur.

Sautgempton – Brayton 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 14, penalti Myurrey, 1:1 – 64 Stivens.

Nyukasl – Bernli 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar:1:0 – 65 Lassels, 1:1 – 85, avtogol Darlou.

Everton – Lester 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar:1:0 – 25 Uolkott, 2:0 – 39 Uolkott, 2:1 – 71, penalti Vardi.

Chelsi – Bornmut 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar:0:1 – 51 Uilson, 0:2 – 64 Stanislas, 0:3 – 67 Ake.

Tottenxem – Manchester Yunayted 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 1 Eriksen, 2:0 – 28, avtogol Jons.

Manchester Siti – Vest Bromvich 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 19 Fernandino, 2:0 – 68 de Bryuyne, 3:0 – 89 Aguero.

Stok Siti – Uotford 0:0 (0:0, 0:0)

Suonsi – Arsenal 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar:0:1 – 33 Monreal, 1:1 – 34 Klukas, 2:1 – 61 Ayyu, 3:1 – 86 Klukas.

Vest Xem – Kristal Pelas 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar:0:1 – 24 Benteke, 1:1 – 43, penalti Nobl.

Xaddersfild – Liverpul 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 26 Jan, 0:2 – 45 Firmino, 0:3 – 78, penalti Saloh.

Premer-liga jadvali
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring