«So‘kong‘ich» futbolchilar jazolandi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, bir necha rasmiylarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.
Pro liga 5-turi doirasidagi «Neftchi»-»Xorazm» uchrashuvidagi «Xorazm» jamoasi futbolchilari Ravshanbek Sultonov va Ro‘zimboy Ahmedov uchrashuv yakunidan so‘ng bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun 3 ta o‘yinga chetlatish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Ayollar oliy ligasi 1-turi doirasidagi «Buxoro W»-«Lokomotiv W»uchrashuvidagi «Buxoro» jamoasi bosh murabbiyi Gennadiy Kochenev uchrashuvning 76-daqiqasida bosh hakamga o‘z noroziligini qo‘pol tarzda bildirgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Ushbu harakat uchun Kochenevga 2 ta o‘yinga chetlashtirish hamda jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-tur doirasidagi «Lokomotiv»-«Turon» uchrashuvidagi «Lokomotiv» jamoasi futbolchisi Xurshidbek Muxtorov o‘yinning 73-daqiqasida «Turon» futbolchisiga nisbatan qo‘pol xatti-harakati uchun maydondan chetlashtirilgani o‘rganib chiqildi. Futbolchiga 4 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima jazosi belgilandi.
«U18» Birinchiligi 1-tur doirasidagi «Yangiyer U-18»-«Turon U-18» uchrashuvi «Turon U-18» jamoasi futbolchisi Bahodir Sultonov uchrashuvning 90+5-daqiqasida bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgandi. Bu holat uchun futbolchi 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 3-tur doirasidagi «Turon»-«Andijon» uchrashuvidagi «Andijon» jamoasi rasmiy vakili Doniyor Usmonov bahsning 72-daqiqasida bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgandi. Mazkur holat yuzasidan Usmonovga jarima intizomiy chorasi belgilandi.
O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi «Oq tepa»-«Olimpik» uchrashuvi yakunidan so‘ng O‘FA hakamlar bo‘limi boshlig‘i Erkin Baxtiyorov tomonidan bildirgi kelib tushdi. Bunga ko‘ra, «Oq tepa» jamoasi futbolchisi Olimxon Karimov bellashuvning 81-daqiqasida hakam qaroriga nisbatan nojo‘ya harakat bildirgan. Ushbu holat o‘rganib chiqilib, Karimovga jarima jazosi qo‘llanildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter