Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sport maktabi trenerlari oyligi oshiriladi

Sport maktabi trenerlari oyligi oshiriladi

Sport maktabi trenerlarining ish haqi 35 foizga oshiriladi, yaxshi natija ko‘rsatgan maktab direktorlari, trenerlar va boshqa mutaxassislarga qo‘shimcha 50 foizgacha ustama to‘lanadi.

Shuningdek, jamoaviy sport turlari bo‘yicha hududiy chempionatlarda sportchilari g‘olib bo‘lgan trenerlarga 5 foiz, respublika chempionatida – 20 foiz ustama beriladi.

Bu haqda sport bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi tizim taqdimotida aytilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevga yangi tizim Buxoro viloyati misolida tushuntirilgan.

Jumladan:

  • har bir mahallada ikkita mavsumda (aprel-iyun, sentyabr-dekabr) musobaqalar tashkil etilib, yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlar sport bo‘limi va yoshlar yetakchisi tomonidan elektron ro‘yxatga kiritiladi;
  • bu yoshlar viloyatdagi 19 ta sport maktabining maxsus guruhlarida (8 oygacha) murabbiylar bilan bepul shug‘ullanadi;
  • maxsus guruhlardagi professional sportga salohiyati bor yoshlar yo‘nalishiga ko‘ra viloyatdagi 4 ta ixtisoslashgan maktabga qabul qilinadi (suzish, yakkakurash, o‘yin turlari va yengil atletika, badiiy gimnastika);
  • viloyatdagi sport maktablari ixtisosligiga qarab olimpiya sport turlari bo‘yicha bazaga aylantiriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring