Sport tarixida eng ko‘p pul ishlagan sportchilar aniqlandi (top-10)

Sportico nashri tarixdagi eng ko‘p pul ishlagan sportchilar (top-50) reytingini e’lon qildi.
Amerikalik basketbol afsonasi, 62 yoshli Maykl Jordan ushbu ro‘yxatni boshqarmoqda. NBA olti karra chempionining umumiy daromadi 3,8 mlrd dollar (yoki inflyasiyani hisobga olganda 4,15 mlrd dollar)ni tashkil etgan.
Ikkinchi — golf qiroli Tayger Vuds (1,91 mlrd / inflyasiya hisobga olinganda 2,79 mlrd dollar), uchinchi — Krishtianu Ronaldu (1,83 / 2,23 mlrd dollar).
Top-10: (inflyasiya hisobga olingan):
- Maykl Jordan — $4,15 mlrd (basketbol)
- Tayger Vuds — $2,79 mlrd (golf)
- Krishtianu Ronaldu — $2,23 mlrd (futbol)
- Lebron Jeyms — $1,88 mlrd (basketbol)
- Lionel Messi — $1,85 mlrd (futbol)
- Arnold Palmer — $1,82 mlrd (golf)
- Jek Niklaus — $1,75 mlrd (golf)
- Devid Bekhem — $1,61 mlrd (futbol)
- Rojer Federer — $1,59 mlrd (tennis)
- Floyd Meyvezer — $1,52 mlrd (boks).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter