Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sport» telekanali dasturlarida o‘zgarish yuz berdi

«Sport» telekanali dasturlarida o‘zgarish yuz berdi

Foto: Uzhits.net

«Sport» TV dasturlarida o‘zgarish qilishga majbur bo‘ldi. Superliga o‘yinlarini jonli efirda namoyish qilishni maqsad qilgan telekanal rejaga ko‘ra 2-mart, juma kuni soat – 18:00 «Metallurg» – «Navbahor» bahsini jonli efirda namoyish etishni rejalashtirgandi

Biroq «Metallurg» PFK prezidenti, «O‘zbekiston» metallurgiya kombinati Hissadorlik jamiyati Bosh direktori A.Xursanovning ko‘p millatli Bekobod shahri aholisi nomidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti U.Ahmadjonov nomiga yozilgan rasmiy xatiga binoan milliy chempionat Superligasining «Metallurg» – «Navbahor» uchrashuvi oldindan belgilangan 2-mart sanasidan 4-mart sanasiga ko‘chirildi.

Shu sababli mazkur o‘yindan reportaj 4-mart, yakshanba kuni soat – 15:20 da boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring