«Sport» telekanali o‘zbekistonlik nokautchi bokschining jangini «jonli» efirda namoyish etadi

«Xabaringiz bor, nokautchi bokschimiz Shohjahon Ergashev shu hafta o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi», — deb yozmoqda «Olamsport» nashri.
Professional ringda 11ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan Shohjahonning bu safargi raqibi mezbon bokschi Soni Fredrikson bo‘ladi.
«SportTV» telekanali xodimlarining saytga ma’lum qilishlaricha, ushbu jang telekanal orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.
Jang AQShda 12-yanvar, Toshkent vaqti bilan esa 13-yanvar kuni ertalab 07:30dan so‘ng boshlanishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter