Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi ishga tushirilmoqda

Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi ishga tushirilmoqda

O‘zbekistonda sportchilarga doping va uning profilaktikasi bo‘yicha kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida “Antidoping ta’limoti” dasturi hamda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari tarkibida taqiqlangan moddalar mavjudligini tekshirish uchun mo‘ljallangan Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirilmoqda. Bu haqda Milliy antidoping agentligi axborot xizmati rahbari Humoyun Omonov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Ma’muriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilingandan so‘ng Butunjahon antidoping kodeksi hamda xalqaro standartlarga asoslangan holda milliy antidoping qoidalari ishlab chiqilgan.

2023-yil davomida agentlik tomonidan Butunjahon antidoping agentligining ADEL platformasidan 7 ta o‘quv dastur o‘zbek tiligi tarjima qilindi va ushbu platformaga joylangan. Bugungi kunga qadar ushbu dasturni yakunlab, sertifikatga ega bo‘lgan sportchilar soni 600 nafarga yetgan.

2023-yil 9 oy davomida jami 337 ta doping sinamalar olingan. Shu kunga qadar sportchining biologik pasportini aniqlash uchun 13 ta qon taxlillari olingan bo‘lib, doping sinamalar maxsus laboratoriyalarga tekshirish uchun yuborilgan.

Antidoping ma’muriyatchiligi va menejmenti yani ADAMS tizimiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritmagan 33 nafar sportchilarga ogohlantirish berildi va 5 ta sportchiga sportdan chetlatish jazo chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa, jazo muddati tugagan 2 nafar sportchi professional sportga qaytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring