Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Subxonov finalda Olimpiada chempioni bilan kurashdi

Subxonov finalda Olimpiada chempioni bilan kurashdi

Budapeshtda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» musobaqasining birinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

-66 kg vazn toifasi finalida ishtirok etgan Rahimjon Subxonov hal qiluvchi bellashuvda yaponiyalik Olimpiada chempioniga qarshi kurashdi.

Yakunda Abe yosh sportchimizni 2 vazari bahosi bilan mag‘lub etib, o‘zining 3 yildan beri uzilmayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettiradigan bo‘ldi. Subxonov esa kumush medal bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, Subxonov faoliyatida ilk bor «Katta dubulg‘a»  turnirlarida shohsupaga ko‘tarilmoqda. Bundan tashqari u jahon reytingi uchun 700, Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida 350 ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ymoqda.

Hamyurtimiz bungacha jahon reytingida 197-pog‘onada joylashgan edi. Uning bu kumush medali yangi haftada kuchli 50 talikka kirishi uchun zamin yaratadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas