Sobiq jahon chempionini 30 soniyada ringga qulatgan Shahram G‘iyosov tantanali kutib olindi

Hamyurtimiz Shahram G‘iyosov 25-avgust kuni Meksikada kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darlis Peresni 1-raundning 30-soniyasidayoq nokautga uchratib, WBA International chempionlik kamarini himoya qilgandi.
Shahram bugun, 29-avgust kuni Toshkentga qaytib keldi. Moskva-Toshkent yo‘nalishida uchib kelgan bokschimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Bokschi bu g‘alabasini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlashini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter