Taniqli futbolchi ta’tilda 3 million yevrosini o‘g‘irlatdi

Hozir Yevropa futbolida tanaffus — futbolchilar dam olishda. Biroq ta’til hammada ham yaxshi o‘tyapti, deb bo‘lmaydi. Masalan, Ibitsada dam olayotgan Italiya terma jamoasi va «PSJ» (Fransiya) futbolchisi Marko Verrattini o‘g‘rilar anchaga tushirib ketishdi.
Verratti Ibitsada braziliyalik futbol yulduzi Ronaldoga qarashli uyni ijraga olgandi.
Uyga o‘g‘ri tushganini Verratti sezmagan ham — bu paytda quyosh vannasi qabul qilayotgandi... O‘g‘rilar pullar va qimmatbaho buyumlarni olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lishgan. Ustasi faranglar ekan — voqea joyiga chaqirilgan politsiya izini ham topolmadi...
Taxminan 3 mln yevro qiymatidagi pul va qimmatbaho buyumlar yo‘qolgan. Hali aytilganidek, politsiya ish ochdi, ammo izga tusha olganicha yo‘q.
Yaqinda ta’tilini o‘tkazish uchun vataniga qaytgan ispaniyalik futbolchi Dani Olmo ham o‘g‘rilardan jabr ko‘rgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter