Taniqli futbolchi va murabbiy Janluka Vialli 58 yoshida olamdan o‘tdi
Italiyalik taniqli futbolchi va murabbiy Janluka Vialli 58 yoshida vafot etdi.
Vialli yaqin paytlargacha ekspert sifatida ishlagan Sky Sports telekanali xabar berishicha, futbolchi 2017-yildan buyon oshqozonosti bezi saratoniga qarshi kurashib kelgan.
2020-yilda 17 oylik kimyoterapiyani tugatgan Vialli murabbiylik faoliyatiga qaytgan edi. Biroq 2021-yilda kasalligi yana xuruj qilgan.
Vialli Italiya terma jamoasi va «Chelsi» (Angliya) hujumchisi sifatida nom qozongan. O‘z faoliyati davomida Italiyaning «Kremoneze», «Sampdoriya» va «Yuventus» jamoalari sharafini ham himoya qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter