Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Terma jamoa bugun uchinchi o‘yinini o‘tkazadi

Terma jamoa bugun uchinchi o‘yinini o‘tkazadi

Bugun, 14 iyun kuni Osiyo chempionati saralashi S guruhida 3-tur o‘yinlari doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Tailandga qarshi maydonga tushadi.

O‘yin Namangan shahridagi «Markaziy» o‘yingohida Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi. Uchrashuvni «Sport» telekanali jonli efirda namoyish etishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1-turda O‘zbekiston Shri-Lankani (3:0) va 2-turda Maldivni (4:0) yirik hisoblarda mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring