Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Terma jamoalar qaytmoqda. O‘smirlar va yoshlar terma jamoasi yig‘in boshlaydi

Terma jamoalar qaytmoqda. O‘smirlar va yoshlar terma jamoasi yig‘in boshlaydi

Xabaringiz bor futbol bo‘ycha Superliga o‘yinlarining davom ettirilishi rasman e’lon qilindi. Endilikda futbolchilar mashg‘ulotlarga qaytgan holda musobaqalarga jiddiy hozirlik ko‘rishni boshlab yuborishdi.

Shuningdek, kelasi yilgi o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tuvchi Jahon chempionatlariga yo‘llanma beruvchi Osiyo chempionatlariga ham kam vaqt qolmoqda. Shu boisdan O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari ham yig‘inga kirishmoqda. Yig‘in oldidan barcha futbolchilar va murabbiylar shtabi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi belgilangan.

Olim Shokirov boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi poytaxtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini bugundan boshlashdi.

2004-yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat terma jamoamiz qit’a chempionatiga hozirlik jarayonini qisqa tanaffusdan so‘ng yana davom ettirmoqda. O‘smirlarimiz 4-15 iyun kunlari poytaxtimizdagi «Chig‘atoy» bazasida mashg‘ulotlar o‘tkazishadi.

Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi esa yig‘in uchun ertaga to‘planishadi. Yoshlar terma jamoamiz ham 5-15 iyun kunlari poytaxtimizda «Chig‘atoy» bazasida bo‘lajak Osiyo chempionati uchun tayyorgarlik ko‘rishadi.

Eslatib o‘tamiz, yoshlar U-19 o‘rtasida Osiyo chempionati joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring