Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibo Kurtua: Xoselu bizga yetishmadi

Tibo Kurtua: Xoselu bizga yetishmadi

«Real Madrid» kecha, 16-aprel kuni YeChL chorak finalida «Arsenal»ga mag‘lub bo‘lib, musobaqadan chiqib ketdi. Uchrashuvdan so‘ng madridliklar darvozaboni Tibo Kurtua o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz to‘pni jarima maydoniga haddan ziyod oshirdik. «Arsenal»da baland bo‘yli futbolchilar bor, bizda esa Xoselu yo‘q. Aksincha, jamoaviy futbol o‘ynash kerak edi. Menimcha, ba’zida biz haddan tashqari xudbin bo‘lib qolamiz.

«Arsenal» to‘g‘ri himoyalandi, bo‘sh joy topish qiyin bo‘ldi. Ular bizdan kuchliroq bo‘lganini tan olish kerak,» - dedi «Real» darvozaboni.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring