Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokio olimpiadasi g‘oliblariga 200 000 AQSh dollarigacha mukofot beriladi

Tokio olimpiadasi g‘oliblariga 200 000 AQSh dollarigacha mukofot beriladi

Foto: UZ24

Prezidentning «2021 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasining ishtirokini ta’minlash hamda olimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

  • oltin medal uchun – 200 000 AQSh dollari;
  • kumush medal uchun – 100 000 AQSh dollari;
  • bronza medal uchun – 50 000 AQSh dollari.

Xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Olimpiada o‘yinlari joriy yilning 23 iyul – 8 avgust kunlari Tokioda o‘tkazilishi belgilangan.

Paralimpiya o‘yinlari ham Tokioda 24 avgust – 5 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring