Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«To‘rtinchi urinish»: Meksika klubi KONKAKAF Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi

«To‘rtinchi urinish»: Meksika klubi KONKAKAF Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi

Foto: «Tigres Twitter»

KONKAKAF (Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi futbol konfederatsiyasi) Chempionlar ligasining final uchrashuvida «Tigres» (Meksika) va «Los-Anjeles» (AQSh) to‘qnashdi.

Diyego Rossi 61-daqiqada urgan gol evaziga «Los-Anjeles» avvaliga hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq oradan 10 daqiqa o‘tib Ugo Ayala hisobni tenglashtirdi. G‘alaba to‘pini esa 84-daqiqada Fransiya terma jamoasining sobiq forvardi Andre-Per Jinyak o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. «Tigres» — «Los-Anjeles» — 2:1.

«Tigres» o‘z tarixida ilk marotaba KONKAKAF Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Holbuki, jamoa so‘nggi besh yilda to‘rtinchi marta finalga chiqishi.

Meksika jamoasi 2021-yilning fevralida o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida mintaqa sharafini himoya qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring