Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyat hokimi «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Toshkent viloyat hokimi «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi, hududda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Toshkent viloyati hokimi Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida ommaviy sport targ‘iboti, uning jismoniy va ma’naviy barkamollikning asosi ekanini targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni saralab olish borasidagi mehnati, malakali kadrlarni tayyorlashdagi jonbozligi uchun ham Rustam Qurbonnazarovich yuksak mukofotga loyiq ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi 332-sonli qaroriga muvofiq «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishoni ta’sis etilgan bo‘lib, u bilan Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlari hamda jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan, Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan sportchilarning trenerlari, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va jamiyat hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida sidqidildan mehnat qilayotgan, respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatayotgan tajribali, yetuk jismoniy tarbiya va sport sohasi vakillari taqdirlanadilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring