Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Osiyo va Jahon rekordlari o‘rnatildi

Toshkentda Osiyo va Jahon rekordlari o‘rnatildi

Shu kunlarda poytaxtimiz og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Musobaqa doirasida uch bor Osiyo va Jahon rekordlari yangilangan.

Jumladan, KXDR vakilasi Von Xyom Sin ayollar o‘rtasida -45 kg vazn toifasidagi siltab ko‘tarish bahslarida 86 kg toshni bo‘ysundirgan holda Osiyo (84 kg) va jahon (85 kg) rekordini yangiladi.

Ikkinchi holat ham KXDR vakilasida yuzaga keldi. Ayollar o‘rtasida -49 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Ri Song Gum siltab ko‘tarish dasturida 125 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va Osiyo hamda Jahon (124 kg) rekordini yangiladi. U, shuningdek, ikki kurash yakuniga ko‘ra 220 kg natija bilan avvalgi rekordni yangiladi (Osiyo va Jahon: 216 kg).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring