Toshkentdagi boks oqshomida Tayson va Xolifild taqdirlandi (foto)
17 noyabr kuni Toshkent shahridagi «Humo arena»da katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Boks oqshomi davomida Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning 61-Konvensiyasi doirasida Toshkentda bo‘lib turgan afsonaviy bokschi Mayk Tayson hamja Evander Xolifildga Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning chempionlik kamarini topshirdi.
Shuningdek, ularga maxsus esdalik sovg‘alari ham taqdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, kechaning markaziy jangida Bahodir raqibini birinchi raundning o‘zida nokautga uchratdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter